Xiaomi eng kuchli protsessorga ega smartfoni taqdimot sanasini ma’lum qildi!

Xiaomi eng kuchli protsessorga ega smartfoni taqdimot sanasini ma’lum qildi!

Avvalroq, Qualcomm kompaniyasi o‘zining eng yangi flagman platformasini taqdim qilgani haqida aytib o‘tgan edik. Xiaomi kompaniyasi esa hozirgina Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali 30 iyul kuni Black Shark 2 Pro taqdimoti o‘tkazilishini ma’lum qildi. Yangi modeldagi asosiy o‘zgarish Snapdragon 855 Plus protsessori bo‘lishini anglash qiyin emas.

O‘QING: Snapdragon 855 Plus chipli ilk smartfon Geekbench’da raqiblarini yakson qildi! (+«jonli» rasmlari va narxi)

The official poster by Xiaomi

Aytish kerakki, ushbu anonsdan ikki kun avval Nubia kompaniyasi Asus ROG Phone 2’ga javob tariqasida Red Magic 3 smartfoni ham Snapdragon 855 Plus o‘rnatilgan talqinda ishlab chiqarilishini tasdiqlagandi. Snapdragon 855 Plus bu Snapdragon 855 chipsetining yaxshilangan versiyasidir. Unda faqat asosiy tarkibiy qismlar yaxshilangan. Ya’ni, Snapdragon 855 Plus protsessorida 2,96 gigagersgacha chastotali Kryo 485 Prime yadrolari qo‘llangan, «oddiy» Snapdragon 855 chipsetida esa ularning chastotasi 2,84 GGs.ga teng. Shuningdek, yangi protsessor tarkibidagi Adreno 640 grafik tezlatgichining samaradorligi 15 foizga oshirilgan.

Xiaomi to introduce Black Shark 2 Pro on July 30

Black Shark 2 Pro protsessor yangilanishi bilan birga, ekran chastotasi yanada yaxshilangan taqdirda, jadal rivojlanayotgan o‘yinbop smartfonlar bozorida yaxshigina raqobatbardoshga aylanishi mumkin. Smartfon taqdimotini biz bilan onlayn tarzda kuzatishni istasangiz, shu yerga bosib Telegram'dagi guruhimizga qo‘shilishingiz mumkin. Terabayt'ni kuzatishda davom eting!

O‘QING: MediaTek allaqachon Snapdragon 855 Plus raqibi – Helio G90 flagmanini tayyorlamoqda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!