Xiaomi eng zo‘r kamerofoni va hamyonbop flagmaniga Android 11 tarqatyapti

  •   DiMaX
  •  786
  •  19.02.2021 10:02

Xiaomi eng zo‘r kamerofoni va hamyonbop flagmaniga Android 11 tarqatyapti

«Xitoycha Apple» o‘tgan yili o‘zining o‘n yillik yubileyiga bag‘ishlab Xiaomi Mi 10 Ultra superflagmanini taqdim etgan edi. Mazkur qurilma Huawei P40 Pro kamerofonini DxOMark taxtidan ag‘dargan va hozir ham kamerofonlar reytingida kuchli uchlikda turibdi. Bundan tashqari, AnTuTu benchmarkining avgust reytingida u eng kuchli smartfon bo‘lib chiqqan.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

Yubiley superflagmani xitoycha versiyada Mi 10 Extreme Commemorative Edition deb nomlangan bo‘lib, Android 10 operatsion tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqqan.

Xiaomi taqdimotidan olti oy o‘tib, ushbu modeliga eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi bazasidagi proshivkasini tarqata boshladi. Lekin «o‘zagi» yangilangani bilan, grafik qobig‘i o‘sha-o‘sha holida qolyapti – MIUI 12.5 unga hali yetib kelmayapti.

O‘QING: MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

Shu bilan birga, kompaniya o‘ninchi avlod flagman smartfonlarining arzon vakili – Xiaomi Mi 10T Lite modeliga ham tegishli apdeytni ulashyapti. Xiaomi Mi 10 Ultra superflagmanida bo‘lgani kabi, bunisida ham yangi global proshivka Android 11 operatsion tizim talqini asosida tayyorlangan MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan.

Biz bultur oktyabrning boshida chiqqan, Yevropa bozoridagi narxi 249 yevrodan boshlanuvchi ushbu 5G-smartfonning to‘liq texnik jihatlarini ham e’lon qilganmiz. Aytib o‘tish kerakki, Xiaomi Mi 10T Lite smartfoni Hindistonda Xiaomi Mi 10i nomi bilan chiqqan bo‘lsa, Xitoyda Redmi Note 9 Pro 5G modeli sifatida taqdim etilgan.

O‘QING: Xiaomi rahbari hayratda: 9 yashar bola ilk Redmi smartfonini san’at asariga aylantirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!