Xiaomi eng zo‘r noutbukini chiqardi: Mi Notebook Pro X 15 narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  2039
  •  01.07.2021 11:58

Xiaomi eng zo‘r noutbukini chiqardi: Mi Notebook Pro X 15 narx va jihatlari

«Xitoycha Apple» kuni kecha o‘zining eng kuchli laptopi – Mi Notebook Pro X 15 modelini namoyish qildi. Uning asosiy o‘ziga xosligi – RTX 3050 Ti grafik kartasi hamda 11-avlod Intel mobil protsessoridir.

O‘QING: AliExpress’dan rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan oltita noutbuk va eng ommabop beshta brend

Mi Notebook Pro X 15 noutbuki ikki xil versiyada taqdim etilgan va ulardan birinchisi takt chastotasi 4,4 gigagerslik Core i5-11300 chipseti bazasida ishlaydi. Ikkinchi – yanada ilg‘or versiyasida esa 4,8 GGs chastotali Core i7-11370H platformasi qo‘llangan. Mazkur protsessorlarning har ikkalasi ham 10 nanometrlik Tiger Lake c TDP 35W avlodiga tegishli.

Yangi laptoplarning asosiy texnik xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ultrayupqa romli, 15,6 dyuymlik displey;
  • ekranda tasvir aniqligi – 3,5K;
  • ekranning korpusga nisbati – 91%;
  • videokarta – GeForce RTX 3050 Ti;
  • XiaoAi ovozli yordamchisi;
  • maksimal yorqinligi – 600 nit (toza qora displeyda – deyarli 0 nit);
  • 1 millisoniyalik ultratezkor ta’sirlanish;
  • o‘ta yuksak – 1000000:1 darajali kontrastlik;
  • tezkor/ichki xotira – 16/512 GB (bazaviy versiya) hamda 32 GB/1TB (ilg‘or versiya);
  • Wi-Fi 6 interfeysi;
  • daktiloskopik skaner;
  • 2*2 mikrofonlar tizimi;
  • Thunderbolt 4, USB-C, USB-A3.2 Gen2, HDMI 2.1 interfeyslari hamda 3,5 mm.lik quloqchin tirqishi.

O‘QING: Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar

Mi Notebook Pro X 15 noutbuki DisplayHDR 500 True Black, SGS hamda TUV Rheinland standartlariga ko‘ra sertifikatsiya olgan.

Xiaomi allaqachon mazkur mahsuloti uchun o‘z yurtida oldindan buyurtma ochgan va ilk xaridorlarga ularni 9 iyuldan yetkazib beradi. Bazaviy versiyadagi Mi Notebook Pro X 15 narxi 7999 yuan, ilg‘or versiyasi uchun esa 9999 yuan miqdorida narx belgilangan. Bular tegishlicha taxminan 1239 va 1549 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston noutbuk bozoriga nazar solishni istasangiz, 3—5 million so‘m oralig‘idagi noutbuklar narxlari hamda 5—10 million so‘m oralig‘idagi noutbuklar narxlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Shuningdek, noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Noutbuk olmoqchimisiz? Sotuvchi emas, quyidagi 5 tavsiyaga quloq tuting

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!