Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

  •   DiMaX
  •  3257
  •  17.12.2020 10:45

Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

«Xitoycha Apple» odatda har yili Mi turkumida standart flagmanini hamda u bilan birga Pro-versiyasini taqdim etadi. Bu galgi – Snapdragon 888 protsessorli Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Pro modellarini u keyingi yilga ham qoldirmasdan, shu oyning so‘ngida namoyish qilmoqchi.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 Pro ilk suratda: dizayni Xiaomi Mi 11’dan mutlaqo farqli!

Lekin so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi bu galgi flagmanlar turkumida ikkita emas, balki uchta model tayyorlabdi! Ularning uchinchisi Xiaomi Mi 11 Venti kodli nomiga ega bo‘lib, bozorga Xiaomi Mi 11 Pro+ modeli sifatida chiqariladi.

Digital Chat Station nikli insayder xabar berishicha, apparat ta’minoti jihatidan bu smartfonning birorta ham nuqsoni yo‘q va u boshqa ishlab chiqaruvchilarning istalgan flagmani bilan bemalol bellasha oladi. Xiaomi Mi 11 Pro+ displeyida kadr yangilanishi 120 gerslik chastotada bo‘lib, tasvirni 2K+ formatida uzatishga qodir.

Bulardan tashqari, Xiaomi Mi 11 Pro+ modeli 100 vattlik tezkor quvvatlash hamda simsiz usulda tezkor zaryadlash texnologiyalari bilan boyitilgan. Shunga yarasha, mazkur flagman kompaniyaning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra qurilmasidan qimmatroq bo‘lib chiqadi.

O‘QING: Poco M3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!