Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

  •   DiMaX
  •  6738
  •  22.08.2020 12:07

Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Xitoydagi manbalarning xabariga ko‘ra, Xiaomi Mi 10 turkumidagi barcha smartfonlar MEMC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin «Xitoycha Apple» shu paytgacha uni faollashtirmagan va navbatdagi yangilanish bilan foydalanuvchilarga taqdim etsa kerak.

O‘QING: Android 11’dan mahrum etilgan Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati chiqdi

Izoh berib o‘tamiz: MEMC atamasi kengaytirilganda Motion Estimation/Motion Compensation bo‘lib, bu «harakatni baholash va kompensatsiyalash» deganidir. Mazkur texnologiya video davomida ekrandagi tasvir sifatini dinamik tarzda yaxshilab borishga xizmat qiladi; natijada lavhada harakatlar ravon kechib, unda detallar aniq aks etadi.

Aytish kerakki, MEMC texnologiyasi zamonaviy televizorlarda qo‘llanadi; faqat turli kompaniyalar uni har xil nomlashgan: MotionFlow, TruMotion, Auto Motion Plus, SMR va hokazo.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Videodagi tezkor harakatlanayotgan ob’yektning harakat trayektoriyasini baholash uchun MEMC texnologiyasi qurilmadagi apparat qismlarini va dasturiy algoritmlarni qo‘llaydi. Xiaomi esa uni hozirgacha Mi 10 turkumidagi smartfonlarida cheklab qo‘ygan. Digital Chat Station nikli insayderning yozishicha, kompaniya uni keyingi apdeyt bilan faollashtirib yuboradi:

Ilg‘or televizorlardan tashqari, ayrim flagman smartfonlar ham MEMC texnologiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Bular qatorida Black Shark 3, Oppo Find X2 va OnePlus 8 flagmanlarini, shuningdek, ularning Pro-versiyalarini sanab o‘tish mumkin. Yaqin orada mazkur safga Xiaomi Mi 10 turkumidagi barcha smartfonlar ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!