Xiaomi flagmanlarini ikki barobar arzonroqqa sotib oling

Xiaomi flagmanlarini ikki barobar arzonroqqa sotib oling

Xiaomi kompaniyasi yangi aksiyani e’lon qildi. Unda kompaniya flagman smartfonlarining narxini ikki barobarga kamaytirishni rejalashtirgan. 

Aksiya 11 noyabr kuni boshlanadi. Unda 11 ta smartfon modeli ishtirok etadi va ularning barchasi yuqori darajali flagman smartfonlar hisoblanadi. Ular orasida Mi 11, Mi 11 Pro, Mi 11 Ultra, Mi 10S, Mi Mix 4, Redmi K40, Redmi K40 Pro smartfonlari bor. 

Albatta, hamma ham ushbu imkoniyatdan foydalana olmaydi. Ushbu modellarning sahifasidagi «Sotib olish» tugmasini bosgan birinchi 100 kishi smartfonni 50% chegirma bilan sotib olishlari mumkin.  Masalan, 780 dollarlik 8/128GB xotiraga ega bo‘lgan Mi Mix 4 qurilmasini 390 evaziga sotib olishning imkoni mavjud. 

O‘QING: Xiaomi 12 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!