Xiaomi foydalnuvchilari buni anchadan beri orzu qilishar edi!

Xiaomi foydalnuvchilari buni anchadan beri orzu qilishar edi!

Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 14 yangilashining chiqarilish sanasi yaqinlashib qoldi, shu bilan birga, uning xususiyatlari haqida ma'lumotlar ham internetda keng tarqalmoqda. So'nggi mish-mishlarga ko'ra, kompaniya MIUI 14 bilan o'z foydalanuvchilari orziqib kutgan o'zgarishni beradi.

Foto: Mydrivers.com

 

Ma'lum bo'lishicha, MIUI 14'da telefondagi barcha reklamalar o'chiriladi. Garchi Internetda reklamalarni o'chirishning turli xil yo'llari bo'lsada, hamma ham ulardan foydalana olmaydi. MIUI 14 bilan esa ularga hojat ham qolmaydi. Qolaversa, ushbu versiya bloatware – tizimga ichki o'rnatilgan va o'chirib bo'lmaydigan ilovalarsiz keladi. Albatta, yangi versiya bulardan boshqa ob-havo, kalendar, soat ilovalari yaxshilanishi va boshqa o'zgarishlarni ham o'z ichiga oladi.

MIUI 14 yangilanishi noyabr oyi oxirlari yoki dekabr oyi boshlarida Xiaomi 13 smartfonlari bilan chiqarilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.