Xiaomi G‘arbiy Yevropa bozorini zabt etmoqchi

Xiaomi G‘arbiy Yevropa bozorini zabt etmoqchi

Bloomberg nashri muxbirlari Xiaomi'ning moliya direktori Chu Shou Chji bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lishdi va undan kompaniyaning kelajakdagi rejalari haqida bilib oldilar.

Direktor so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 5G'ni ommalashtirish yo‘lida ko‘p kuch sarflab, Xitoy bozorida muvaffaqiyat qozonish niyatida. Xususan, 2020 yilda beshinchi avlod tarmoqlarida ishlaydigan 10 ta smartfon chiqarilishi mo‘ljallangan.Ammo, Xiaomi uchun birgina mahalliy bozor yagona maqsad emas. Kompaniya G‘arbiy Yevropa bozorini zabt etmoqchi. Top menejerning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ushbu hududda ham allaqachon sezilarli yutuqlarga erishdi va barcha smartfonsozlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Eng katta yutuqqa erishgan Ispaniya bozorida esa u hatto ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kompaniyaning bu hududdagi muvaffaqiyati faqat smartfonlar bilan cheklanib qolgani yo‘q. G‘arbiy Yevropa foydalanuvchilari Xiaomi'ning taqiladigan elektron mahsulotlarini tobora ko‘proq xohlamoqda, bu borada esa kompaniya Yevropa Ittifoqi bozorlarida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Elektr samokatlarining ommalashishi sababli, kompaniya Yevropa mintaqasining bir nechta mamlakatlarida bozor ulushining 70 foizini egallagan, ammo aynan qaysi mamalakatlar ekanligini Chu Shou Chji hozircha sir tutishni lozim topdi.

Shunigdek, Chu Shou Chji o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Xiaomi o‘z mahsulotlarini sotishni 90 foizga oshirganini va bozorlarda eng tez o‘sayotgan to‘rtta brend qatoriga kirganini ma’lum qildi.

Xiaomi Lotin Amerikasi, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Hindistonda o‘z ishtirokini kengaytirmoqchi. Ammo, kompaniya AQSh bozoriga kirishni tezlashtirishni xohlamaydi. Xiaomi moliya direktori amerikalik Mi muxlislarining kutishiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi. Aftidan, 2020-yilda AQSh bozoriga chiqish Xitoy kompaniyasining rejalariga kiritilmagan.

O‘QING: Xiaomi bu smartfoni narxini yarmidan ham pasaytirdi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.