Xiaomi g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi “anti-kemtik”li smartfonni patentladi

Xiaomi g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi “anti-kemtik”li smartfonni patentladi

Smartfon ishlab chiqaruvchilar to‘liq romsiz dizayn yaratish maqsadida old kamera konstruksiyasi ustida ko‘plab eksperimentlar olib bormoqda. Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ham shu borada o‘zining noodatiy yechimini taklif etgan.

Patent haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan xujjatlardan «Xitoycha Apple» teskari kemtikli qurilmani yaratish ustida bosh qotirayotganini payqash mumkin. Bunday qurilmalarning yuqori qismida kamera komponentlarini joylashtirish uchun korpusning tepasiga chiqqan alohida kemtik yaratiladi.

Yuqoridagi rasmlardan ko‘rish mumkinki, yuqoriga chiqarilgan moduldan juft kamera va dinamik joy oladi.  

Kompaniya «anti-kemtik»ning bir nechta ko‘rinishini taqdim etgan. U to‘g‘ri yoki aylanma burchakli formada bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, konstruksiya ikkitalik asosiy kamera va simmetrik USB Type-C porti bilan jihozlanadi.

Umuman olganda ushbu qaror ancha shubhali tuyulmoqda. Barcha foydalanuvchilarga ham ekrandagi «kemtik» yoqavermaydi, korpusni tepasiga chiqib turuvchi modul esa yanada ko‘proq tanqidga uchrashi muqarrar.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Android P ikkita «kemtik»li kelajak smartfonlarini ko‘rsatdi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.