Xiaomi hali chiqmagan Snapdragon 875 bazasida allaqachon Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlarini tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  734
  •  16.09.2020 11:10

Xiaomi hali chiqmagan Snapdragon 875 bazasida allaqachon Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlarini tayyorlayapti!

Qualcomm kompaniyasining navbatdagi flagman chipseti – Snapdragon 875 haqidagi ayrim ma’lumotlar may oyining boshidayoq chiqqan edi. Hozirda esa Android-qurilmalar uchun eng kuchli protsessor Snapdragon 865+ bo‘lib turibdi.

O‘QING: AnTuTu eng kuchli mobil protsessorlar reytingini chiqardi

Snapdragon 875 hali rasman namoyish etilganicha yo‘q, ammo Xiaomi kompaniyasining vitse-prezidenti hamda Redmi brendi yetakchisi Lu Veybing (Lu Weibing) esa allaqachon kompaniya uning bazasida ishlovchi smartfon tayyorlayotganini aytdi. Aniqrog‘i, Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida u fanatlardan: «5 nanometrlik chipsetli yangi flagmanlar chiqishiga tayyormisiz?» deb so‘ragan.

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, kompaniyaning Xiaomi Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlari 5 nanometrlik Snapdragon 875 protsessoriga tayanadi.

Amerikalik chipsoz mazkur flagman protsessorini oktyabrda taqdim etishi kutilmoqda. Mazkur chipset bazasidagi birinchi smartfonlarni esa, an’anaga ko‘ra, Xiaomi hamda Samsung kompaniyalari chiqaradi.

Darvoqe, Qualcomm bu chipsetini Samsung bilan hamkorlikda, ya’ni uning fabrikalarida ishlab chiqaryapti. Janubiy koreyalik texnogigant allaqachon EUV-litografiya texnologiyasi bo‘yicha Snapdragon 875 protsessorini ommaviy tayyorlamoqda.

O‘QING: Redmi 9i taqdim etildi: MIUI 12, katta xotira, kuchli akkumulyator va arzon narx!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!