Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi 10T’larni allaqachon o‘z do‘koniga ham chiqardi!

  •   DiMaX
  •  811
  •  22.09.2020 08:54

Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi 10T’larni allaqachon o‘z do‘koniga ham chiqardi!

«Xitoycha Apple» allaqachon Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Lite hamda Mi 10T Pro smartfonlarini tayyorlagan va biz bulardan eng zo‘rining «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz. Mazkur uchlikning «kenja»si kuni kecha AQShning nufuzli FCC tashkilotida sertifikatsiyadan o‘tgan. Avvalroq esa...

O‘QING: Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro taqdim etilmay turib do‘konga chiqdi: narx va xususiyatlari

Yangi turkumning ikkita vakili oldin Amazon saytiga chiqqan bo‘lsa, endi ular Xiaomi’ning o‘z oflayn do‘konlarida ham paydo bo‘la boshladi. Quyidagi banner Tailanddagi rasmiy Xiaomi Mi Store do‘konlaridan birida suratga olingan:

Ko‘rib turganingizdek, bannerda smartfonni turli rakurslarda ko‘rsatishgan va suratga qarab, Xiaomi Mi 10T turkumining dizayniga baho berish mumkin. Bannerda tay tilida yozilgan sloganga ko‘ra, mazkur modellar sifatli displeyga va yuqori avtonomlikka ega bo‘lgan samarador kamerofon sifatida targ‘ib etilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari hali MIUI 12’ga yangilanib ulgurmasidan, MIUI 13 skrinshotlari tarqaldi!

Yangi turkumning eng zo‘ri – Xiaomi Mi 10T Pro modelining taxminiy texnik xususiyatlari quyidagicha: Snapdragon 865 protsessori; 144 gers chastotali 6,67 dyuymlik AMOLED-displey; 8 GB tezkor hamda 128/256 GB ichki xotira; asosiy datchigi 108 MPlik kvadrokamera va 5000 mA/soatlik akkumulyator.

Standart versiyadagi Xiaomi Mi 10T modeli ham xuddi shu chipset bazasida ishlasa-da, tezkor xotirasining hajmi 6 gigabaytgacha bo‘lishini aytishmoqda. Yana bir muhim farqi – uning bosh kamerasida asosiy sensor sifatida biroz pastroq – 64 megapiksellik modul qo‘llanmoqda.

Insayderlar bergan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi Mi 10T smartfoni 549 yevroga baholanadi; uning Pro-versiyasi uchun esa 699 yevro miqdorida narx belgilanadi.

O‘QING: Redmi bitta flagmanini naq 110 dollarga arzonlashtirib, yana birini MIUI 12’gacha yangilayapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!