Xiaomi hali taqdim etilmagan Redmi X’ning «jonli» suratlarini tarqatdi!

  •   DiMaX
  •  2548
  •  08.01.2019 10:22

Xiaomi hali taqdim etilmagan Redmi X’ning «jonli» suratlarini tarqatdi!

Yaqinda Redmi brendini alohida ajratishini e’lon qilgan Xiaomi kompaniyasi 10 yanvarga taqdimot belgilaganidan xabaringiz bor. Unda bosh kamerasi 48 megapiksellik datchikka ega bo‘lgan smartfon taqdim etiladi.

O‘QING: 48 MPlik kamerali Redmi Pro 2 – «teshik» ekranli eng arzon smartfon ham tayyor! («jonli» rasmlar)

Buni qarangki, Xiaomi kompaniyasi rahbari Ley Szyun (Lei Jun) hali rasman namoyish etilmagan shu telefonning rasmlarini Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkaunti orqali oshkor etdi! Tasvirlarga yozgan izohiga qaraganda, bular renderlar emas, balki haqiqiy smartfonning «jonli» suratlaridir.

Manbalarning yozishicha, Xitoyning yirik onlayn savdo maydonchasi – JD.com saytida ham Redmi X deb nomlangan yangi smartfon paydo bo‘lgan. Lekin bu model bozorga Redmi Note 7 nomi bilan chiqarilishi ham mumkin.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi taqdim etilmagan Redmi Note 7’ni uloqtirib-tepkilab sinab ko‘rsatdi!

Qanday nomlanishidan qat’i nazar, Redmi brendining ushbu flagmani qo‘shaloq bosh kameraga ega va uning asosiy datchigi 48 megapiksellik sensor hisoblanadi. Shuningdek, mazkur smartfon gradiyent tusli korpusda ham taklif etiladi.

Demak, Xiaomi ikki kundan so‘ng mazkur smartfonini rasman namoyish etadi, ungacha ham yangiliklardan boxabar bo‘lib turish uchun bizni kuzatishda davom eting!

O‘QING: Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.