Xiaomi ham endi qora ro‘yxatda: uning boshiga Huawei’ning kuni tushyaptimi?

  •   DiMaX
  •  1468
  •  15.01.2021 11:44

Xiaomi ham endi qora ro‘yxatda: uning boshiga Huawei’ning kuni tushyaptimi?

AQSh prezidenti Donald Tramp ketish oldidan sanksiya qo‘llanuvchi Xitoy kompaniyalari ro‘yxatiga to‘ldirish kiritdi. Qora ro‘yxatga yana to‘qqizta kompaniya kiritilgan va ular orasida tez rivojlanib kelayotgan Xiaomi ham bor.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Qo‘shma shtatlar hukumati ushbu hujjat bilan amerikalik investorlarning ushbu kompaniyalardan ulush sotib olishlarini va ularga sarmoya kiritishlarini taqiqladi. Mazkur taqiq 2021 yilning 11 noyabridan kuchga kiradi, ungacha esa investorlar o‘z aksiyalarini sotib yuborishlari kerak bo‘ladi.

AQSh hukumati bu borada 1999 yilgi qonunga asoslanadi; unga ko‘ra, Mudofaa vazirligi Xitoy harbiylari bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxatini tuzishi lozim. Lekin amerikaliklar hozirgacha Xiaomi kompaniyasining harbiylarga tegishli ekanligini yoki ular tomonidan boshqarilishini tasdiqlovchi biror fakt e’lon qilishmagan.

Xitoy bilan oradagi savdo urushi vaqtincha tinchigan bir pallada shunday qaror chiqarilishi g‘alati. Lekin vaziyat xuddi 2019 yili Huawei bilan bo‘lgan holatdagiga o‘xshab ketyapti. Xitoylik texnogigantni o‘shanda telekommunikatsiya jihozlari orqali amerikaliklarni kuzatishda ayblashgan edi, keyin esa hozirgacha tobora kuchli sanksiyalar qo‘llab kelishmoqda. Lekin kuzatuvchilar fikricha, Xiaomi masalasida ish faqat aksiyalarga egalik qilishni taqiqlash bilan cheklanishi mumkin.

O‘QING: Redmi K40 taqdimotini rasman e’lon qilgan Xiaomi uning narxi bilan qo‘rqityapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.