Xiaomi ham narxlarni oshirmoqda, hozircha faqat bitta mamlakatda...

  •   DiMaX
  •  2213
  •  12.11.2018 16:58

Xiaomi ham narxlarni oshirmoqda, hozircha faqat bitta mamlakatda...

O‘tgan hafta Oppo kompaniyasi Hindistondagi Realme arzon smartfonlarining narxini oshirishini ma’lum qilgandi. Endi Xiaomi’ning bu mamlakatdagi boshqaruvchi direktori Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) xabar qilishicha, «xitoycha Apple» mahsulotlari ham qimmatlashadi.

O‘QING: Arzon smartfonlar qiroli endi Xiaomi emas – 95 dollarlik Realme C1’ni qarshi oling! (+«jonli» video)

Manu Kumar Jeyn narxlar oshirilishiga asosiy sababi sifatida milliy valyuta kursining pasayganini ko‘rsatar ekan, Xiaomi bu qimmatlashuvdan ko‘proq foyda ko‘rishni ko‘zlamaganini alohida ta’kidladi. Shunchaki, ishlab chiqarishga ketadigan resurslar qimmatlagan va kompaniya buni tovarlarining narxini oshirish evaziga qoplashi kerak.

– Joriy yilning boshidan buyon hind rupiysi AQSh dollariga nisbatan 15 foizga qadrsizlandi, natijada bizning chiqimlarimiz sezilarli darajada oshdi. Shu boisdan biz narxlarni to‘g‘rilaymiz. Biz hamisha adolatli narxlar belgilashga harakat qilamiz! – deydi Manu Kumar Jeyn.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Xiaomi hozircha Redmi 6 va Redmi 6A smartfonlari, Mi LED TV 4C Pro 32 hamda Mi LED TV 4A Pro 49 televizorlari, shuningdek Mi Powerbank 2i portativ akkumulyatorlarining narxlarini oshirdi. Iqtisodiyoti zaif bo‘lgan boshqa mamlakatlarda ham yaqin orada shunga o‘xshash vaziyat bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Garchi Xiaomi Redmi 6 hamda Redmi 6A smartfonlari «Made for India by Indians» – «Hindiston uchun hindlar tomonidan ishlangan» slogani ostida reklama qilinsa-da, ularda chetdan keltiriladigan butlovchi qismlar ko‘p. Rupiyning qadrsizlanishi sababli import qismlar narxi oshib, bu hol smartfonlar tannarxiga ham ta’sir etayotir.

O‘zbekistonda esa Xiaomi smartfonlarini 839 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.