Xiaomi ham Snapdragon 865 Plus chipli flagmani taqdimotini rasman e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  537
  •  27.07.2020 14:10

Xiaomi ham Snapdragon 865 Plus chipli flagmani taqdimotini rasman e’lon qildi!

Qualcomm kompaniyasi 8 iyul kuni taqdim etgan flagman – Snapdragon 865+ protsessori bazasida dastlabki uchta smartfon taqdim qilindi. Bulardan biri Galaxy Z Flip 5G buklamafoni bo‘lsa, ikkitasi o‘yinbop – Legion Duel hamda ROG Phone 3 modellaridir. Bulardan tashqari...

O‘QING: AnTuTu’da taxt talashayotgan ikki flagmanning yangi raqibi – Red Magic 5S ham tayyor!

Endi esa Xiaomi korporatsiyasi ham ushbu eng ilg‘or Android-protsessor bazasidagi ilk smartfonini e’lon qildi. Bu – o‘yinbop mahsulotlarga ixtisoslashgan brendga mansub Black Shark 3S flagmanidir.

Xiaomi e’lon qilgan quyidagi posterga ko‘ra, Black Shark 3S geymerofonini 31 iyul kuni Xitoyda, mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da boshlanuvchi tadbirda namoyish qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi kompaniyasining o‘yinbop qurilmalarga ixtisoslashgan subbrendi shu yilning 3 mart kuni Black Shark 3 hamda yanada ilg‘or Black Shark 3 Pro geymerofonlarini taqdim etgan edi. Endi esa Black Shark 3S modeli ularning yaxshilangan versiyasi bo‘lib, boshqa kompaniyalarning o‘yinbop smartfonlari bilan raqobatga kirishadi.

Xiaomi Black Shark 3S geymerofoni Qualcomm Snapdragon 865 Plus protsessoridan tashqari 120 gerslik chastotada yangilanuvchi AMOLED-displeyga hamda 500-650 AQSh dollari atrofidagi narxga ega bo‘lishini aytishmoqda.

O‘QING: Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!