Xiaomi ham umuman tugmachasiz, tag‘in ekranining to‘rt qirrasiyam qayrilma smartfon tayyorlayapti! (+suratlar)

  •   DiMaX
  •  2904
  •  09.02.2019 10:56

Xiaomi ham umuman tugmachasiz, tag‘in ekranining to‘rt qirrasiyam qayrilma smartfon tayyorlayapti! (+suratlar)

Samsung Galaxy S turkumidagi keyingi avlod flagmanlarning ekranlari ilk bor ikki yonidan qayrilib, «EDGE» dizayniga ega bo‘lgan. Xiaomi esa bu yo‘nalishda undan ham bir qadam ilgariladi – ekrani to‘rt tomoniyam qayrilgan, umuman romsiz smartfon patentladi!

O‘QING: Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

Xiaomi kompaniyasi o‘zining navbatdagi ishlanmasi uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotidan patent oldi. Unda aks ettirilgan smartfonning har to‘rt tomoni bukilgan, tag‘in birorta ham tugmachasi yo‘q!

Aytish kerakki, yaqindagina umuman tugmachasi ham, tirqishi ham bo‘lmagan Vivo Apex 2019 hamda Meizu Zero smartfonlari taqdim etilgan. Xiaomi’ning tayyorlayotgan modeli ham ularga yaqin, faqat pastida tirqishi – USB Type-C porti mavjud.

O‘QING: Tugmachasiz va tirqishsiz ilk smartfon – Meizu Zero sotuvga chiqdi, narxi esa qo‘rqqulik!

LetsGoDigital resursi esa patentda mavjud chizma va tavsiflardan foydalanib, Xiaomi’ning ushbu smartfoni render suratlarini tayyorladi. Tasvirlarda aks etgan smartfonning asosiy kamerasi qo‘shaloq bo‘lib, yonma-yon joylashgan, bu esa Xiaomi’ning navbatdagi smartfonlaridan biri Mi 6 flagmani dizaynida bo‘lishi haqidagi ma’lumotga to‘g‘ri keladi.

Old kamera ko‘rinmayotganiga qaraganda, yo uni «tirqish»siz ekran ostiga joylashadi, yoki korpusining o‘zi eng zararli smartfonlardan hisoblangan Mi Mix 3 kabi slayder tarzida bo‘ladi.

Ushbu gadjetning qachon taqdim etilishi noma’lum, ammo kompaniyaning ayrim smartfonlarini 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 modelini esa hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.