Xiaomi haqiqatan simsiz – havo orqali tok uzatuvchi quvvatlagich taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1718
  •  30.01.2021 08:48

Xiaomi haqiqatan simsiz – havo orqali tok uzatuvchi quvvatlagich taqdim etdi! (+video)

Ishlab chiqaruvchilar smartfon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qiladigan magnit g‘altaklarga tegib turgan qurilmani simsiz quvvatlantirgich deb atashga o‘rgangan — uni maxsus maydonchaga joylashtirish kerak. Xiaomi kompaniyasi esa uzoq masofadan turib ishlay oladigan haqiqiy simsiz quvvatlantirgichni taqdim etdi, deya xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: Xiaomi besh daqiqada 350 mingta Mi 11 sotdi

Kompaniya hozircha Mi Air Charge nomini olgan texnologiyaga oid batafsil ma’lumotlarni ulashmagan, biroq uning ishlash prinsipi haqida tushuntirish bergan. Buning uchun xonaga yaqin atrofdagi qurilmaga havo orqali zaryadlarni uzatishga qodir kichik quvvatlantirish stansiyasini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bu orqali smartfonni quvvatlantirish va bir vaqtda uni ishlatish ham mumkin.

Texnologiyaning ishlash sxemasi quyidagicha: stansiyada xonadagi qurilma joyini aniqlaydigan antennalar jamlanmasi mavjud, boshqa bir antennalar jamlanmasi esa signalni millimetrli diapazonda uzatadi va smartfon batareyasidagi to‘g‘rilagich uni elektr energiyasiga aylantiradi.

O‘QING: Atigi 7 dollarlik bu rozetka istalgan jihozni «aqlli» qiladi!

Stansiya 5 vattli quvvat orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmani zaryadlay oladi. Biroq u barcha smartfonlarda ishlamaydi — kompaniya hozircha bu turdagi quvvatlantirish usuli faqat Xiaomi Mi 11 flagmanida ishlashini va’da qilmoqda. Demak, 8 fevralda taqdim etilishi kutilayotgan yanada ilg‘or – Xiaomi Mi 11 Pro versiyasida ham bu texnologiya bo‘ladi.

 

Kelajakda texnologiya kompaniyaning boshqa qurilmalari bilan ham ishlashi kerak: smartfonlar, soatlar, kolonkalar, lampalar va boshqa texnikalar. Xiaomi hozircha quvvatlantirish stansiyasi qancha turishi va savdolarga qachon chiqishiga ham aniqlik kiritmagan.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlariga global MIUI 12.5 taqdimoti e’lon qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!