Xiaomi hozir ham ommabop bo‘lgan uchta eski flagmanini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1132
  •  21.06.2021 12:05

Xiaomi hozir ham ommabop bo‘lgan uchta eski flagmanini e’lon qildi

18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan onlayn do‘konlardagi arzon sotish yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda Xiaomi korporatsiyasi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) yana bir qiziq ma’lumotni e’lon qildi. Ya’ni, eski rusumda bo‘lsa-da, kompaniya muxlislari hanuz ishlatayotgan uchta flagman smartfonni aytib maqtandi.

O‘QING: Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Avvalo, ishlab chiqaruvchining 2017 yilgi yetakchi smartfoni – Xiaomi Mi 6 sha’niga ko‘p maqtovlar aytildi. Sotuvlar hajmiga ko‘ra eng muvaffaqiyatli flagman bo‘lgan ushbu modeldagi qurilmadan hozir ham 2,15 million kishi faol foydalanib kelayotgan ekan!

Ushbu raqamlarni keltirar ekan, Ley Szyun bu smartfonning yutug‘ini «mo‘’jizaviy» dedi.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Qolgan ikki smartfon esa undan ham eski – naq to‘qqiz yil avval chiqqan Xiaomi Mi 2 hamda Mi 2S modellaridir. Bulardan birinchisi 2012 yildayoq 10 millionta sotilib, 1992-2016 yillardagi eng xaridorgir telefonlar reytingiga kirgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 2 va Mi 2S devayslaridan hozir Xitoyning o‘zidagina 184 ming kishi foydalanmoqda. O‘z yurtidan tashqari, ushbu sobiq flagmanlardan yana bir necha mingtasi Hindistonda va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham hozir faol qo‘llanmoqda.

O‘QING: Kompaniyalar “imzosi”ga aylangan muvaffaqiyatli mobil telefonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!