Xiaomi ikki kamerali smartfon ustida ishlamoqda

Xiaomi ikki kamerali smartfon ustida ishlamoqda

Xiaomi muxlislari gigant smartfonlar safi uchun yangi nom topish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan bir vaqtda tarmoqda Xitoy kompaniyasining MediaTek Helio X20 (6797M) protsessorlari bilan ishlaydigan ikki uskuna ustida ish olib borayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi. Yangi qurilmalardan biri ikkita kamera moduli bilan ta’minlanadi. Axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, mazkur ma’lumot 20 foiz aksiyalari Xiaomi`ga tegishli bo‘lgan Longcheer kompaniyasidan olingan.

Xabarlarga ko‘ra, smartfonlarga 5,5 dyuymli displey o‘rnatiladi. Ekran sig‘imi hozircha noma’lum. Ehtimol Redmi Note 4 va Redmi Note 4 Pro yoki butkul boshqa model haqida gap ketayotgan bo‘lishi mumkin. Qurilmalarning qachon namoyish etilishi oshkor etilganicha yo‘q.

Shu o‘rinda, Xiaomi keyingi avlod taqib yuriladigan gadjetlar taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangilangan qurilmalar safi kompaniyaning “aqlli” soatlarini ham o‘z ichiga oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!