Xiaomi ikkinchi avlod Mix Fold buklamafonini taqdim etadi

Xiaomi ikkinchi avlod Mix Fold buklamafonini taqdim etadi

Xiaomi kompaniyasining yangi Mix Fold 2 smartfoni o‘ta yengil va yupqa bo‘lishi aytilmoqda. 

Ice Universe Universe insayderi bergan ma’lumotlarga qaraganda yangi modelning tashqi ekrani avvalgi modelnikiga qaraganda ancha yaxshiroq bo‘ladi. 

Digital Chat Station nomli yana bir insayder esa avvalroq qurilmaning asosiy ekrani 8 dyuym, tashqi ekrani esa 6.5 ​​dyuym hajmda bo‘lishi haqida ma’lumot bergan edi. Ikkala ekran ham yuqori yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mix Fold smartfoni 60 gerts chastotali ekranga ega edi. 

Shuningdek, buklamafon Snapdragon 8 Gen2 Plus chipida ishlashi taxmin qilinmoqda. Xiaomi Mix Fold 2'ning taqdimoti shu yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi kerak, ammo hozircha aniq sana ma’lum emas.

O‘QING: Motorola kompaniyasi Z Flip 4 smartfoniga raqobatchi tayyorlamoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.