Xiaomi ikkita flagmaniga global MIUI 12.5 proshivkasini tarqatmoqda

  •   DiMaX
  •  673
  •  28.07.2021 15:08

Xiaomi ikkita flagmaniga global MIUI 12.5 proshivkasini tarqatmoqda

«Xitoycha Apple» bultur oktyabrning boshida biryo‘la ikkita flagman – Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro modellarini taqdim etgan, shuningdek, «yengillashtirilgan» Xiaomi Mi 10T Lite smartfonini namoyish qilgan. Bulardan dastlabki ikkitasiga barqaror MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi global proshivkalar tarqatila boshladi.

O‘QING: Kamida 6 xil Xiaomi va Redmi smartfonlarida ishkal: kompaniya aybini tan oldi

Har ikkala smartfon uchun yangi apdeyt Android 11 operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan bo‘lib, v12.5.1.0 RJDMIXM raqami ostida tarqatilmoqda. Proshivka dunyoning turli hududlari bo‘ylab bosqichma-bosqich uzatiladi, shu sababli sal kechiksa xavotir olmang.

Aytish kerakki, Xiaomi Mi 10T hamda uning Pro-versiyasi bir xilda Snapdragon 865 protsessoriga, 144 gerslik IPS-ekranga hamda 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Ularning orasidagi asosiy farq – kamerada: Xiaomi Mi 10T asosiy sensori 64 megapiksellik bo‘lsa, Mi 10T Pro versiyasida bu ko‘rsatkich 108 megapikselgacha oshirilgan va tasvirni optik barqarorlashtirish tizimi qo‘shilgan. Ularning barcha xususiyatlari hamda Pro talqinining anboksing videosi bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin.

Darvoqe, DxOMark mutaxassislari Xiaomi Mi 10T Pro flagmanining kamera imkoniyatlarini sinab ko‘rishgan. 108 megapikseli bilan u kamerasi 12 MPlik sensorlarga ega bo‘lgan Apple iPhone 11 hamda 48+8+5 MPlik OnePlus 8 Pro modellari orasidan joy olgan. Shunga qaramay, uning ko‘rsatkichlari Samsung kompaniyasining ikkita zo‘r flagmani – Galaxy Note 20 Ultra 5G (Snapdragon chipli) va Galaxy S20+ (Exynos chipli) natijalaridan yuqori chiqqan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!