Xiaomi ilk bor Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirgani sharafiga qirqdan ortiq turdagi gadjetlarini arzonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  1228
  •  23.07.2019 17:04

Xiaomi ilk bor Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirgani sharafiga qirqdan ortiq turdagi gadjetlarini arzonlashtirdi

Fortune nashri har yili dunyoning eng yirik kompaniyalarining besh yuztalik reytingini e’lon qiladi. Bu yilgi Fortune Global 500 ro‘yxatiga birinchi bora Xiaomi korporatsiyasi ham kirgan.

O‘QING: Ommalashgan Xiaomi haqida ommalashmagan ma’lumotlar

Nashr bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi’ning bir yillik aylanmasi 55,9 foizga ko‘payib, 26,4 milliard dollarni tashkil etgan; sof daromadi esa 2 milliard dollardan oshgan. Kompaniya aktivlari 21,1 milliard dollarga baholanmoqda.

Fortune Global 500 ro‘yxatidagi ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda Xiaomi korporatsiyasida deyarli 17 ming nafar xodim ishlamoqda.

O‘QING: RASMIY VIDEO: Mi A3 namoyish etildi – Xiaomi CC9e’ning global talqini, ammo farqlari bor (ayniqsa narxi!)

Nufuzli nashrning reytingiga kirgani munosabati bilan Xiaomi ulkan arzonlashtiruv e’lon qildi. Uning doirasida kompaniya o‘zining jami qirq turdan oshiq televizorlari, smartfonlari, noutbuklari va maishiy texnika jihozlarining narxlarini pasaytirdi.

Masalan, tezkor/ichki xotirasi 8/128 gigabaytlik talqindagi Xiaomi Mi Mix 3 narxi aslida 523 AQSh dollariga teng bo‘lsa, ayni damda Xitoyda uni 377 dollarga olish mumkin. Redmi Note 7 Pro smartfoni hamda 43 dyuymlik Mi TV 4A televizori uchun 30 dollardan chegirma joriy etilgan.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa hozirgacha global bozorga chiqqan turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi Qin 2 – atigi 73 dollarlik, eng nostandart smartfon namoyish qilindi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!