Xiaomi ilk robot-itini chiqardi: 1500 dollarlik CyberDog salto ota oladi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  546
  •  14.08.2021 17:40

Xiaomi ilk robot-itini chiqardi: 1500 dollarlik CyberDog salto ota oladi! («jonli» video)

Xitoy texnologik giganti Xiaomi kuni kecha Mi Mix 4 smartfonini taqdim qilgani, yana MIUI 12.5 grafik qobig‘ining yaxshilangan MIUI 12.5 Enhanced Edition versiyasini namoyish etganidan xabaringiz bor. O‘sha tadbirida keng ommaga ilk bor ko‘rsatilgan yana bir mahsuloti esa kompaniyaning birinchi robot-iti bo‘lib, unga CyberDog nomi berilgan, deb yozadi Daryo.

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

CyberDog roboti Nvidia’ning avtonom qurilmalar uchun mo‘ljallangan Jetson Xavier NX moduli bilan jihozlangan. Kompaniya uni «sun’iy intellektga ega eng mitti superkompyuter» deb atamoqda.

Og‘irligi uch kilogramm keladigan robot-it soniyasiga uch metr tezlikda harakatlanishga qodir va yarim avtonom rejimda harakatlanish imkonini beradigan sensor hamda kameralar bilan jihozlangan.

CyberDog’ni maxsus dastur yordamida boshqarish mumkin. Robot atrofdagi vaziyatni tahlil qiladi, marshrutlarni yaratadi, belgilangan joyni aniqlaydi va to‘siqlardan qochadi.

O‘QING: Robot-askarning haqiqiy isyonini «jonli» videoda ko‘ring!

Bu hali hammasi emas. CyberDog, shuningdek, quyidagi vazifalarni ham uddalay oladi:

  • ovozga javob qaytarish;
  • o‘z egasining ortidan yurish;
  • «panja»sini uzatish;
  • orqaga salto otish.

Xiaomi’ning ma’lum qilishicha, birinchi bosqichda «Xiaomi ishqibozlari, muhandislar va robototexnikaga qiziquvchilar uchun» ming dona CyberDog ishlab chiqaradi.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Internetda allaqachon CyberDog robot-ko‘ppagi «jonli» ko‘rsatilgan ilk videolavha ham tarqaldi:

CyberDog roboti Boston Dynamics kompaniyasining Spot nomli to‘rt oyoqli robotiga o‘xshash, ammo undan... naq 50 baravarga arzon – taxinan bir yarim ming dollarga baholangan! Amerikaliklarning «temir it»ini sotib olish uchun 74,5 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi, lekin bu pulga Tesla Model S olish mumkin! (+video).

O‘QING: Dunyodagi eng takomillashgan (va qo‘rqinchli) robotlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.