Xiaomi ishqibozlari, MIUI 13’ni kutmay qo‘yavering – o‘rniga umuman yangisi chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1210
  •  14.04.2021 13:05

Xiaomi ishqibozlari, MIUI 13’ni kutmay qo‘yavering – o‘rniga umuman yangisi chiqadi!

«Xitoycha Apple» 6 aprel kuni o‘tkazilgan Mi Fan Open Day tadbirida MIUI 12.5 grafik qobig‘ining yakuniy versiyasi tarqatilish kunini aytgan. Biz ushbu proshivkaga aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Uch yillik Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Keyinchalik Xiaomi mobil qurilmalari uchun MIUI 13 grafik qobig‘i chiqishi kerak, lekin manbalarning xabar berishicha, kompaniya bu fikridan qaytgan. Uning o‘rniga bu smartfonlar uchun yangi – Mi TaleUI nomli grafik qobiq tayyorlanmoqda, deyishadi insayderlar.

Yangi grafik qobiq qanaqa bo‘lishi hozircha aniq emas, e’lon qilingan surat xiralashtirilgan bo‘lib, unda vidjetlar va Windows Mobile tizimidagi kabi «plitka»lar ko‘zga tashlanadi.

Mi TaleUI asosidagi proshivkalar birinchi bo‘lib Xiaomi Mi 11 turkumiga kiruvchi flagman modellarga tarqatiladi. Keyinchalik esa boshqa rusumlardagi Xiaomi smartfonlariga ham yangi grafik qobiq uzatiladi.

Lekin o‘n uchinchi avlod MIUI interfeysining bekor qilinishi – g‘alati holat, chunki yaqindagina...

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!