Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

  •   DiMaX
  •  3271
  •  22.12.2020 10:05

Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

«Xitoycha Apple» oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini chiqarishi ma’lum; undagi ayrim o‘zgarishlar ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga uning Yangi yil bayramigacha taqdim etilishi aytilgan edi.

O‘QING: 80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!

Lekin bu xabar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi – MIUI 12.5 oddiy foydalanuvchilarga hali keyingi yilning bahoridagina tarqatilar ekan. Xiaomi dasturiy ta’minot bo‘limi rahbari aytgan apdeyt esa faqat Xitoydagi yopiq beta-test dasturi ishtirokchilariga taqdim etilar ekan.

Shuningdek, kuni kecha biz Xiaomi Mi 11 flagmanining ishlayotgan holida «jonli» suratini e’lon qilgan edik. Endi o‘sha rasm ham feyk ekanligi aniqlangan – bu smartfon «yashirin kamera»li bo‘lmas ekan:

Buni fosh etgan mashhur tarmoq informatori Ice Universe yozishicha, Xiaomi Mi 11 modelida selfi uchun ekranosti kamera bo‘lmaydi, optik datchik displeyning yuqori chap burchagida ochilgan tirqishga joylanadi. Shu bilan birga, u mazkur qurilmaning yana bir o‘ziga xosligini ta’kidlagan: flagmanning ekrani nafaqat ikki yonidan, balki har to‘rtala tomonidan qayrilgan bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!