Xiaomi kamera va ichki ekranga ega kelajak ko'zoynaklarini taqdim qildi

Xiaomi kamera va ichki ekranga ega kelajak ko'zoynaklarini taqdim qildi

Xiaomi kompaniyasi to'satdan o'zining yangi aqlli ko'zoynoklari, Mijia Glasses Camera'ni taqdim qildi. Ma'lum bo'lishicha, Seiko kompaniyasi ushbu qurilma ustida 2 yil ishlagan va u AR, tasvirga olish uchun mo'ljallangan.

Mijia Glasses Camera'ni ko'zoynak va kameraning birlashtirilgan varianti deyish mumkin. Uning og'irligi 100 gramm bo'lib, unga Qualcomm'ning 8 yadroli protsessori o'rnatilgan va u 3 GB operativ va 32 GB flesh xotiraga ega.

Kameralarga keladigan bo'lsak, ular ikkita: asosiysi elektron tasvir stabilizatsiyasiga ega bo'lgan 50MP (f/1.8) keng-burchakli linza, ikkinchisi 5-15 karra optik zum va tasvir barqarorligi texnologiyasi bilan 8MP (f/3.4) periskop telefoto linza bilan ta'minlangan.

Ular orqali olingan tasvirlar yoxud ma'lumotlarni ko'zoynakning 0.23 dyuymli va 328 dpi piksel zichligiga ega Sony Micro OLED ekranida ko'rish mumkin. Qurilmaning 1020 mAh batareyasi 10W tezlikda magnitli ulanish orqali quvvatlanadi. Qo'shimchasiga unda ikki tarmoqli Wi-Fi va Bluetooth 5.0 mavjud.

Ko'zoynak kamerasi 100 daqiqagacha tinimsiz videoga olishni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilma AR texnologiyasi bilan integratsiyalashtirilgan va u bir nechta tillardan avtomatik tarjima qilish xususiyatiga ham ega.

Mijia Glasses Camera 3-avgustdan boshlab Xitoyda 400 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

O'QING: Volkswagen o‘zining ilk uchar mashinasini ko‘rsatdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!