Xiaomi kameralar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya bilan hamkorlik qiladi

Xiaomi kameralar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya bilan hamkorlik qiladi

Digital Chat Station insayderi o‘zining Weibo'dagi sahifasiga kamera blokida Leica yozuvi bo‘lgan Xiaomi Mi 11 Ultra suratini joylashtirdi. Rasmga esa «Tez orada» deb izoh qoldirilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, yaqinda Xiaomi smartfonlarida Leica kameralari paydo bo‘lishi mumkin. 

O‘QING: Yana bir Xiaomi qurilmasining narxi rekord darajada pastladi 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning bahor oyida Leica kompaniya Huawei bilan hamkorlikdan voz kechishi va smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida yangi hamkor topishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Keyinchalik, Huawei bu mish-mishlarni rad etdi, ammo Leica haqiqatan ham boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi. Ehtimol, Xiaomi kompaniyasi Leica'ning yangi hamkoriga aylangan bo‘lishi mumkin. 

Insayder Xiaomi va Leica hamkorligidagi birinchi smartfon tez orada taqdim etilishiga urg‘u bergan. Ehtimol, bu yangi Xiaomi 12 Ultra smartfoni bo‘lishi mumkin. Ushbu smartfon kelasi yilning boshida taqdim etilishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Digital Chat Station ishonchli insayder hisoblanadi. Avvalroq u Redmi K30, K40, Xiaomi Mi 10 va Mi 11 smartfonlarining texnik jihatlari hamda ularning taqdim etilish sanalari haqida birinchi bo‘lib aniq xabar bergan edi. 

O‘QING: Xiaomi 12 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi