Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

  •   DiMaX
  •  1262
  •  30.04.2019 10:05

Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

«Xitoycha Apple» hamyonbop smartfonlarga ixtisoslashgan Redmi brendining kutilayotgan flagmanini Snapdragon 855 chipi bilan ta’minlashi ma’lum. Shuningdek, uning old kamerasi korpusning ichidan chiqadigan bo‘ladi.

O‘QING: Redmi 855’ning to‘liq xususiyatlari oshkor qilindi

Kecha ushbu kompaniya Weibo ijtimoiy tarmog‘ida mazkur smartfonning ilk videotizerini e’lon qildi. Ushbu lavhada Redmi flagmanining old kamerasi korpus ichidan chiqishi aniq-ravshan ko‘rsatilgan va kuchli samaradorlikka ishora qilingan. Reklama roligi «Qasoskorlar: Final» filmining treyleri bilan hamohanglikda ishlangan.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling:

Ushbu qurilmaning 4000 mA/soatlik akkumulyator, Google Pay kontaktsiz to‘lovlari uchun NFC-chip hamda 48 megapiksellik Sony sensoriga ega kamera bilan jihozlanishi kutilmoqda. Kompaniya rasman reklama qila boshlaganiga qaraganda, uning namoyish kuni ham yaqin.

. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 585 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!