Xiaomi kamerasi naq 144 MPlik ikkita smartfon tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1287
  •  02.04.2020 17:52

Xiaomi kamerasi naq 144 MPlik ikkita smartfon tayyorlayapti!

O‘tgan yili «Xitoycha Apple» bosh kamerasining asosiy datchigi 108 megapiksellik bo‘lgan ilk smartfon – Xiaomi Mi CC9 Pro flagmanini namoyish qilgan edi. Keyinchalik uni xalqaro bozorga Mi Note 10 smartfoni sifatida taqdim etgan.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) ma’lum qilishicha, Xiaomi bu borada yangi rekordga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ya’ni, uning navbatdagi kamerofoni naq 144 megapiksellik kameraga ega bo‘ladi!

Tarmoq informatorining fikricha, bunday kuchli datchikli bosh kameraga ega birinchi smartfon – shu yil kuzda chiqishi kutilayotgan Xiaomi Mi CC10 Pro bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, kompaniyaning Snapdragon 865+ protsessorli ilk flagmani – Xiaomi Mi 10S Pro ham ayni shunday sensorli kameraga ega bo‘ladi. Uning namoyishi ham kuzga mo‘ljallangan bo‘lib, shu ikkalasidan qay biri birinchi chiqishini endi vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: 256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!