Xiaomi keyingi yil yana naq 10 modelda 5G-smartfon chiqaradi!

  •   DiMaX
  •  1090
  •  21.10.2019 12:30

Xiaomi keyingi yil yana naq 10 modelda 5G-smartfon chiqaradi!

«Xitoycha Apple» shu paytgacha beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita smartfonni taqdim etgan. Bular – Mi Mix 3 slayderining (sotib olish) taqdimotdan keyinroq syurpriz tarzida e’lon qilingan 5G-versiyasi hamda eng arzon 5G-smartfon bo‘lmish Mi 9 Pro 5G flagmanidir. Mi Mix Alpha esa hozircha konseptual smartfon maqomidadir.

O‘QING: RASMIY VIDEO: Xiaomi Mi Mix Alpha’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Yuqorida sanab o‘tilganlarning uchtasi ham qimmatbaho flagmanlar turkumiga kiradi, oxirgisini hatto naq 140 ming dollar narxida taklif etishyapti! Biroq bu kompaniyaning subbrendi yaqin orada o‘zining Redmi K30 flagmanini namoyish etadi va u birmuncha arzon bo‘ladi.

Xiaomi’ning bu yilgi 5G-smartfonlari mana shu uchta modeldan iborat bo‘lsa, keyingi yil ularning soni uch karradan oshiqqa ko‘payadi. Buni korporatsiya rahbari Ley Szun (Lei Jun) kecha – 20 oktyabr kuni, World Internet Conference tadbirida ma’lum qilgan.

5G texnologiyasi haqida esa Ley Szun shunday degan: «Uning ulkan imkoniyatlari mavjud, ammo ulkan muammolari va xatarlari ham bor. Bu borada har kim har xil qaramoqda, lekin Xiaomi optimistik qarashga ega».

Rahbarining ta’kidlashicha, Xiaomi keyingi yilning o‘zidayoq beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlay oladigan o‘nta rusumda smartfon namoyish qiladi.

Darvoqe, Xiaomi allaqachon Mi Mix 4 smartfonini ham tayyorlab ulgurgan, biz uning ekrani yoqiq holda ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videosini hamda suratini e’lon qilganmiz. Shu kungacha global savdoga chiqqan turli Xiaomi telefonlarini esa 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Hali yaqindagina namoyish qilingan ikkita – Redmi Note 8 va Redmi Note 8 Pro modellari ham yetib kelgan.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!