Xiaomi kompaniyasi kichik hajmdagi Xiaomi 12X smartfonini taqdim etmoqchi

Xiaomi kompaniyasi kichik hajmdagi Xiaomi 12X smartfonini taqdim etmoqchi

Xiaomi 12 seriyasi kelasi oyda taqdim etiladi. Yangi seriya xuddi avvalgi  Mi 11 lineykasi kabi bir necha smartfonlardan tashkil topadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi seriyada Xiaomi 12X smartfoni ham bo‘ladi. 

Kacper Skrzypek tipsteri Xiaomi 12X nomini IMEI ma’lumotlar bazasi ro‘yxatidan topdi. 

Smartfon model raqami 2112123AG bo‘lib, bu yerdagi “G“ harfi qurilmaning Global versiyasida ekanligini bildiradi. 

Skrzypek bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 12X smartfoni Snapdragon 870 chipi, 120Hz OLED displeyi hamda 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi.

Ushbu texnik jihatlari Xiaomi 11X (Poco F3 hamda Redmi K40) smartfonini eslatib yuboradi. Negaki, ushbu smartfon Snapdragon 870 chipi, 120Hz OLED displeyi hamda 48MP asosiy kamera bilan jihozlangan edi. Bu yerda o‘zgarish deb, 50 megapikselli asosiy kamerani aytish mumkin. 

Eng qizig‘i, smartfonning korpus o‘lchamlari 145.4 x 65.4 millimetrni tashkil qiladi, ya’ni Xiaomi 12X kichik hajmli flagman smartfon bo‘ladi. 

Smartfonning narxi qancha bo‘lishi hozircha noma’lum. Shunisi aniqki, ushbu qurilma Xiaomi'ning yuqori darajadagi flagman smartfonlaridan arzonroq bo‘ladi.

Misol uchun, Poco F3 smartfoni 349 yevro narxda sotuvga chiqqan edi. Ammo yangi smartfonga yuqori darajali kameralar, tezkor quvvatlash texnologiyasi hamda katta hajmdagi akkumulyator o‘rnatilsa, uning narxi oshib ketishi mumkin. 

O‘QING: Xiaomi 12 smartfoni qanday dizaynga ega bo‘ladi? 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!