Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 Pro'ning yangi versiyasini taqdim etadi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 Pro'ning yangi versiyasini taqdim etadi

Xiaomi onda-sonda o‘zining eski smartfonlarini yangilab, qayta taqdim etib turadi. Bunga Redmi Note 8 2021 modelini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Google Play Console'dagi ma’lumotdan shu aniq bo‘ldiki, kelasi yilda kompaniya Redmi Note 11 Pro 2023 modelini taqdim etadi. 

Ushbu qurilma Redmi Note 11 Pro modeliga o‘xshaydi, farqli tomoni unga boshqa chipset va kameralar o‘rnatiladi. Google Play Console ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilgi versiya Snapdragon 712 chipida ishlaydi. 2019 yilda ishlab chiqarilgan ushbu chipning unumdorlik darajasi unchalik yuqori emas.

Hozirgi model Helio G96 chipi bilan jihozlanganligini hisobga olsak, yangi modelning unumdorligi unchalik oshmaydi. Biroq samaradorlik bo‘yicha Snapdragon chipi yaxshiroq, chunki u 10 nanometrli jarayon asosida yaratilgan (Helio chipseti - 12 nanometr). 

Qiziq tomoni shundaki, kameralarning o‘zgarishi yangi Redmi Note 11 Pro modelini deyarli Redmi Note 10 Pro modeliga o‘xshab qolishiga sabab bo‘lgan. O‘zi Note 10 Pro va Note 11 Pro modellari kamera texnik ko‘rsatkichlari jihatidan bir-biridan uncha farq qilmaydi. Ikkila modelga 108MP asosiy, 8MP ultrakeng hamda 2MP sath kameralar o‘rnatilgan. Birgina farq 10 Pro modeli 5MP makro, 11 Pro esa 2MP makro kameraga ega. 

O‘QING: Vivo o‘zining navbatdagi buklamafonini taqdim etadi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.