Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11T seriyasini taqdim etmoqchi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11T seriyasini taqdim etmoqchi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 seriyasida yana bir necha yangi smartfonlarni taqdim etmoqchi. Yangi Redmi Note 11T smartfonlarining taqdimoti 24 may kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi. 

Redmi'ning Weibo tarmog‘idagi rasmiy sahifasi smartfonlarga oid bo‘lgan ayrim ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, kompaniya taxminan uchta yangi smartfonni taqdim etdi. Bular: Redmi Note 11T, 11T Pro va 11T Pro+.

Yuqoridagi tizerlardan ko‘rishimiz mumkinki, Redmi Note 11T Pro+ modeli uchta kameraga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga LCD displey va Dimensity 8100 chipi o‘rnatiladi. Hozircha uchala modelning texnik ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma’lumot mavjud emas. Yaqin kunlar ichida ushbu smartfonlarga oid bo‘lgan yangi xabarlar chiqishni boshlaydi. 

O‘QING: Huawei Mate Xs 2 xalqaro bozor uchun sotuvga chiqdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!