Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 reklamasida Galaxy M10 va M20’ni masxara qildi

  •   DiMaX
  •  5870
  •  06.02.2019 10:19

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 reklamasida Galaxy M10 va M20’ni masxara qildi

Samsung kompaniyasi aynan xitoylik arzonchi smartfonsozlar bilan raqobatlashish uchun Galaxy M turkumidagi smartfonlarini taqdim etganidan xabaringiz bor. Kechagina ularning dastlabkilari savdoga chiqarilib, bir necha daqiqadayoq birinchi partiya sotib tugatilgan.

O‘QING: Eng arzon Samsung smartfonlari – Galaxy M10 va M20 sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!

Bunaqa holat Samsung tarixida kuzatilmagan, Xiaomi va boshqa kompaniyalar savdosida esa uchrab turadi. Hindiston bozoridagi asosiy raqibini payqab qolagn «xitoycha Apple» darhol janubiy koreyaliklarning ushbu yutug‘iga qarshi o‘ziga xos javob qaytardi.

Bir qarashda bu – Redmi Note 7 reklamasi, ammo unda Galaxy M turkumi smartfonlari masxara qilingan. To‘nkarilgan rasmda biz, Xiaomi fikricha, Galaxy M hamda Redmi Note 7 ekranlaridagi farqni ko‘ramiz – unda Samsung smartfonining ekrani tasvirni xiraroq aks ettirgan.

Ushbu reklamada Redmi Note 7 modelidagi 48 megapiksellik kameraga ham urg‘u berilgan. Bu borada xitoyliklar haq – Galaxy M10 va M20 kameralari egalarini xursand qilmaydi.

Darvoqe, rasm va yozuvlarning teskari joylangan, bu – Xiaomi fikricha, Redmi Note 7 xaridorlarning «boshini aylantirib» qo‘yishiga ishora.

Aytish kerakki, hozircha Redmi Note 7 ham, Galaxy M10 va M20 ham O‘zbekiston bozoriga yetib kelmagan. Lekin Terashop.uz internet-do‘konimizdan ayrim Samsung smartfonlarini 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish, Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda  xarid qilish imkoni  mavjud.

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.