Xiaomi kutilmaganda hamyonbop smartfonini yana 30 dollarga arzonlashtirdi!

  •   DiMaX
  •  4607
  •  30.07.2019 10:04

Xiaomi kutilmaganda hamyonbop smartfonini yana 30 dollarga arzonlashtirdi!

Redmi brendi o‘tgan haftada e’lon qilgan aksiyaga ko‘ra, kompaniyaning mobil akkumulyatori – poverbank xarid qilganlarga Redmi Note 7 Pro modeli uchun chegirma taqdim etilayotgandi. Endi esa ushbu hamyonbop smartfonni Xiaomi Mall rasmiy do‘konida doimiy asosda arzonlashtirib qo‘ydi.

O‘QING: 6 oyga yetmay 15 millionta sotilgan Redmi Note 7 arzonlashdi, ortidan Redmi Note 8 ham tayyor!

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tezkor/doimiy xotira hajmi 6/128 gigabaytlik Redmi Note 7 Pro uchun avval 235 AQSh dollariga teng narx belgilangan edi. endi esa Xitoyda uni 205 dollarga olish mumkin bo‘lib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Redmi Note 7 Pro modeli Snapdragon 675 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lib, 4000 mA/soatlik akkumulyator, asosiy datchigi 48 megapiksellik qo‘sh kamera bilan jihozlangan.

Terashop.uz onlayn do‘konimizda esa turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Redmi endi 4K-televizorlar ham taqdim etadi, narxlari kulgili!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!