Xiaomi kutilmaganda MIUI’dan reklamani olib tashlayapti!

  •   DiMaX
  •  889
  •  06.05.2020 08:55

Xiaomi kutilmaganda MIUI’dan reklamani olib tashlayapti!

«Xitoycha Apple» 27 mart kuni Mi 10 hamda Mi 10 Pro flagmanlarining global taqdimotini o‘tkazib, ularni Yevropa bozoriga ham chiqargan. Kompaniya endi 8 may sanasiga ularning Hindistondagi namoyishini belgilagan.

O‘QING: Diqqat! Xiaomi foydalanuvchilari, ogoh bo‘ling!

Kutilayotgan taqdimot oldidan Xiaomi jurnalistlarni to‘plab, qiziq bayonot berdi. Unga ko‘ra, Hindiston bozoriga mo‘ljallangan Xiaomi Mi 10 modellari MIUI proshivkasining maxsus versiyasiga ega. Ya’ni, barcha Xiaomi va Redmi smartfonlarining eng yoqimsiz xususiyati – tizim doirasida reklama ko‘rsatilishi «Fillar o‘lkasi»dagi yangi flagmanlarda bo‘lmaydi!

Xiaomi’ning nega bunday qarorga kelgani noma’lum; shuningdek, Hindistondan boshqa hududlar uchun ham MIUI grafik qobig‘idan reklama olib tashlanishi haqida ham hozircha aniq bir gap yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya yaqinda MIUI 12 grafik qobig‘ini taqdim etgan, biz uning «globallashtirilgan» versiyasi tushadigan modellar ro‘yxati va havolalarni e’lon qilganmiz. Shuningdek, undagi «super oboy»lar tushadigan smartfonlar ro‘yxati, Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnatish uchun tayyor havola va «jonli» video ham sizga ma’qul kelsa kerak.

O‘QING: Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!