Xiaomi kutilmaganda yana bitta potensial bestseller tayyorlabdi!

  •   DiMaX
  •  1338
  •  13.12.2019 17:18

Xiaomi kutilmaganda yana bitta potensial bestseller tayyorlabdi!

«Xitoycha Apple» kuni kecha Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasini taqdim etgan edi. Shuningdek, u mazkur brendning ilk smart-kolonkasi RedmiBook 13 noutbukini ham ko‘rsatgan.

O‘QING: Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

Taniqli tarmoq informatori Mukul Sharma (Mukul Sharma) esa Xiaomi yana bitta mahsulotni taqdimotga tayyorlaganini ma’lum qildi. Bu yerda gap butkul simsiz Xiaomi Mi AirDots Pro yangi avlod quloqchini haqida ketmoqda.

Bluetooth standartlari bilan shug‘ullanuvchi Bluetooth Special Interest Group tashkilotining ma’lumotlar bazasiga allaqachon Xiaomi’ning bu mahsuloti ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ma’lumot joylandi. Shunga qaraganda, aksessuarning taqdimoti yaqin, shekilli.

Aytish kerakki, Xiaomi hamda Redmi brendlari ostida shu kungacha taqdim etilgan simsiz quloqchinlar jadal sur’atlarda sotilmoqda. Shunday ekan, yangi avlod Mi AirDots Pro ham xit bo‘lishi oldindan ma’lum.

O‘QING: Quloqchinning «dodasi» chiqdi – naq 67 655 dollarlik!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!