Xiaomi LEX: sirli smartfonning asl nomi va taqdimot kuni rasman ma’lum qilindi!

  •   DiMaX
  •  1536
  •  06.10.2018 17:27

Xiaomi LEX: sirli smartfonning asl nomi va taqdimot kuni rasman ma’lum qilindi!

«Xitoycha Apple» o‘zining ilk romsiz slayderi – Mi Mix 3 flagmanini tayyorlagani va yaqinda taqdim etishidan xabaringiz bor. Mazkur gadjet haqidagi so‘nggi yangiliklarda kompaniyaning yana bitta yangi smartfoni ilk bor tilga olingandi.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi – sirli LEX hamda romsiz Mi Mix 3 smartfonlarida maxsus Xiao AI tugmachasi bo‘ladi!

Xiaomi Mi Mix 3 modeliga bag‘ishlab Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan yangi tizerlar shundan dalolat berayotir. Shuningdek, avval Xiaomi Lex deb atalgan mazkur gadjetning bozorga taqdim etiladigan nomi ham aniq bo‘ldi. Ya’ni, bu Mi Note 4 fableti bo‘lib, u ham 15 oktyabrda namoyish qilinadi.

Xabarlarga ko‘ra, Mi Note 4 yakka kristalli Snapdragon 710 protsessori bazasida ishlaydi. Uning texnik xususiyatlari borasida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Xiaomi’ning bir qator hamyonbop smartfonlarini, shuningdek, «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modelini, shuningdek, eng yangi – Redmi Note 6 Pro fabletini ham onlayn xarid qilishingiz mumkin. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.