Xiaomi mashhur flagmanining rekordi borasida barchani laqillatgan ekan!

  •   DiMaX
  •  1247
  •  02.11.2020 14:04

Xiaomi mashhur flagmanining rekordi borasida barchani laqillatgan ekan!

Joriy yilning 11 avgust kuni Xiaomi o‘zining o‘n yillik yubileyi tadbirida Mi 10 Ultra (xitoycha versiyada – Mi 10 Extreme Commemorative Edition) smartfoni namoyishini o‘tkazgan edi. Biz ushbu superflagmanining barcha qismlari olib ko‘rsatilgan rasmiy videosini hamda to‘liq texnik jihatlarini ham chiqarganmiz. Lekin keyinroq...

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra’ning taqdimotda aytilmagan yana bir siri ochildi!

Xiaomi Mi 10 Ultra taqdimotida aytilishicha, bu qurilma rekord darajadagi – 120 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Xuddi shunday kuchdagi zaryadchik smartfonning qadoq jamlanmasida bo‘ladi. Shuningdek, bu – Quick Charge 5 texnologiyali kam sonli telefonlardan biridir.

Android Authority nashri tahririyati esa Xiaomi’ning yubiley superflagmanini test qilib ko‘rdi va bu borada ishlab chiqaruvchining aldaganini fosh etdi. Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi Mi 10 Ultra modeli kompaniya maqtanganidek 120 emas, balki 80 vattlikkacha tezkor zaryadlanar ekan.

O‘QING: Benchmarkda bu yangi smartfon Xiaomi’ning eng zo‘r superflagmanini ham tor-mor etdi!

Test ko‘rsatishicha, qadoqda kelgan quvvatlagich tokka ulanganida 92,3 vatt iste’mol qila boshlaydi, lekin keyin uning quvvati 86,4 Vt.gacha tushadi. Bunda smartfon oladigan zaryad esa «atigi» 80,1 vattga teng bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, Xiaomi Mi 10 Ultra – bozordagi eng tezkor zaryadlanuvchi smartfonlardan biridir. Uning akkumulyatori noldan boshlab to‘liq quvvatlanishiga bor-yo‘g‘i 21 daqiqa yetarli bo‘lgan. Uni o‘z qadog‘ida kelgan adapter yordamida – 80 vattlik quvvatlaganda smartfonning eng yuqori harorati 43,8 °C.ga teng bo‘lgan. Batareya zaryadi 70 foizga yetganida harorati pasaygan.

Mutaxassislar bu flagmanni pastroq quvvatli tezkor adapterlar bilan ham zaryadlab ko‘rishgan. Jumladan, 18 vattlik quvvatlagich ishlatilganida uning akkumulyatori to‘lishi uchun 68 daqiqa kerak bo‘lgan. 50 vattlik usulda to‘liq zaryadlash uchun esa 29 daqiqa sarflangan, bunda maksimal harorat 39,1 °C.ga teng bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!