Xiaomi Mi 10 AnTuTu'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Xiaomi Mi 10 AnTuTu'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Ayni damda Xiaomi o‘zining Mi 10 flagman lineykasi ustida ishlamoqda va aftidan, ushbu oila a’zolaridan biri taqdimotga deyarli tayyor.

Kuni kecha taniqli insayderlardan biri tarmoqqa vertikaliga joylangan to‘rtta kamera ega yangi bir smartfonning orqa paneli rasmini joylab, bu Mi 10 ekanligini ta’kidladi.Ushbu postga qo‘shimcha, devaysning AnTuTu natijasi ham e’lon qilindi. Snapdragon 865 chipi va Adreno 650 GPU'siga ega Mi 10 benchmarkda 560 000 ball to‘plagan. Hozirga qadar hech qaysi smartfon AnTuTu'da 500 000 dan ortiq ball to‘plamagan edi. Mi 10 qayd etgan natija Snapdragon 855+ da ishlovchi hozirgi qurilmalarning samaradorligiga qaraganda 15% yuqoriroqdir. Afsuski, natijalar oynasi skrinshotida yangi flagmanning boshqa texnik jihatlari ko‘rinmagan. 

Bizningcha, qurilmaning Pro bo‘lmagan talqinida 64 megapikselli, Mi 10 Pro'ga esa Mi Note 10'dagi kabi 108MPli linza qo‘yiladi. 

O‘QING: Xiaomi kutilgan qurilmasi haqida kutilmagan xabar berdi