Xiaomi Mi 10 DxOMark reytingida birinchi

Xiaomi Mi 10 DxOMark reytingida birinchi

Informatorlarning xabar berishicha, Xiaomi allaqachon DxOMark laboratoriyasiga eng yaxshi kamerali telefonlar rengtingida yuqori o‘rinda turuvchi yangi flagman smartfonini jo‘natgan. Xabarlarga ko‘ra, gap Xiaomi Mi 10'ning Xiaomi Mi 10 Pro versiyasi haqida bormoqda.Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro Snapdragon 865 chipi, Samsung'ning AMOLED giperbolik ekrani, 90Hz tasvirni yangilash chastotasi va FHD+ bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, qurilma, UFS 3.0 flesh-xotirasiga ega bo‘lishi, super tezkor simli quvvatlanishni hamda tezkor simsiz zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlashi, beshinchi avlod tarmoqlarida (NSA va SA) ikki rejimda ishlash xususiyatlariga ega bo‘lishi kutilmoqda. Avvalroq, Xiaomi smartfonlar bo‘limining prezidenti Lin Bin Redmi K30 5G'dan keyin kompaniyaning barcha 5G smartfonlari yangi mobil tarmoqning ikki rejimiga ega bo‘lishini aytgandi.

Smartfon 11-fevral kuni taqdim qilinishi kutilmoqda. Boshlang‘ich narxi kamida 510 dollarni tashkil qilishi aytilmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.