Xiaomi Mi 10 seriyasi uchun hayot davom etadi!

Xiaomi Mi 10 seriyasi uchun hayot davom etadi!

Xiaomi smartfonlari uchun Android 13'ga asoslangan MIUI 14 yangilanishi bir necha kun avval Xiaomi 13 seriyasi bilan taqdim qilinishi kutilayotgan edi, biroq ma'lum bir sabablarga ko'ra mahsulotlar taqdimoti noma'lum muddatga qoldirildi. Shunga qaramay internetda ular haqidagi yangi ma'lumotlar paydo bo'lmoqda.

Chjan Guoquan – Xiaomi smartfonlari uchun dasturiy ta'minot departamenti direktori Weibo ijtimoiy tarmog'ida izohlarning birida MIUI 14 yangilanishi eski smartfonlar yoxud Mi 10 seriyasiga ham chiqarilishini aytdi. Afsuski, u aynan qaysi modellar yangilanishini ma'lum qilmagan, lekin yangilanish, albatta, keyinchalik ular uchun ham chiqarilishini tasdiqlagan.

Aytish kerakki, Xiaomi Mi 10 seriyasi 5 ta: Mi 10, Mi 10 Pro, Mi 10 Lite, Mi 10 Lite Zoom va Mi 10 Ultra modellarini o'z ichiga oladi. Direktor Chjan, ehtimol, Mi 10 va Mi 10 Pro haqida gapirayotgan bo'lishi mumkin.

O'QING: Xiaomi'ning eng xit smartfonlari uchun "hayot tugadi"

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.