Xiaomi Mi 10 turkumining 300 yevrodan arzon yangi 5G-modeli shu oydayoq chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1260
  •  02.09.2020 10:34

Xiaomi Mi 10 turkumining 300 yevrodan arzon yangi 5G-modeli shu oydayoq chiqadi!

«Xitoycha Apple» yaqindagina o‘zining yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modelini namoyish qilgan. Kompaniya bu yilgi flagmanlari turkumida yana Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Lite hamda Mi 10T Pro smartfonlarini ham tayyorlagn va biz bulardan eng zo‘rining «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Kompaniya kuni kecha qiziq bayonot bilan chiqish qildi: Xiaomi Mi 10 oilasining bitta vakili sentyabrda taqdim etilar ekan. Xiaomi unda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 7 seriyasidagi eng yangi protsessorni qo‘llaydi.

Eng quvonarlisi, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Xiaomi Mi 10 turkumining yangi modeli 300 yevrodan ham arzon bo‘ladi! Kompaniya bu haqda o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida yozishicha, uning «boshlang‘ich narxi €2XX» ekan.

Yangi hamyonbop 5G-smartfonning nomi va boshqa xususiyatlari hozicha ma’lum emas, kuzatuvchilarning fikricha, bu Xiaomi Mi 10T modeli bo‘lishi mumkin. Yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!