Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  5115
  •  29.08.2020 15:38

Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

ZTE kompaniyasi 1 sentyabr kuni old kamerasi displeyning ortiga yashirilgan ilk smartfon – Axon 20 5G modelini taqdim etadi. Lekin Xiaomi undan ham avval ekranosti kamera (yoki yashirin kamera) qo‘llanuvchi smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatdi.

O‘QING: Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfonni to‘rtta rangda rasman ko‘rsatishdi!

Xiaomi kecha e’lon qilgan video reklama xarakterida bo‘lsa, endi xitoylik bir texnobloger shu texnologiyaga ega smartfonni o‘zi «jonli» tarzda, marketing bezaklarisiz videoga olib e’lon qildi. Uning qo‘lida «Xitoycha Apple»ning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining maxsus versiyasini ko‘ramiz.

Vloger maxfiy selfi-kamerali modifikatsiyali flagmanni oddiy versiyadagi Xiaomi Mi 10 Ultra bilan va hatto o‘tgan yilgi prototip bilan ham taqqoslagan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, bulturgi prototipdagiga nisbatan uchinchi avlod ekranosti kamerasi displeyda kamroq bilinadi. Prototipda u ekranning yuqori qismi o‘rtasiga joylangan bo‘lsa, Xiaomi Mi 10 Ultra’ning maxsus versiyasida yuqori chap burchakdadir.

Xiaomi kompaniyasining ta’kidlashicha, faqat uning uchinchi avlod displeyorti kamerasi oddiy selfi-kameralar kabi sifatli suratlar olishga qodir. Bu esa uni «deyarli ideal» darajaga ko‘taradi va raqobatchilarning yechimlari unga teng kela olmaydi, deyishmoqda «Xitoycha Apple» vakillari.

Tabiiyki, Xiaomi Mi 10 Ultra modelining old kamerasi ekranning orqasiga yashirilgan versiyasi sotuvga chiqmaydi. Kompaniya bunday texnologiyaga ega bo‘lgan smartfonini bozorga kelasi yil chiqishi kutilmoqda, ehtimol, bu Xiaomi Mi 11 flagmani bo‘lar.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!