Xiaomi Mi 10'da olingan 4K videoni tomosha qiling

Xiaomi Mi 10'da olingan 4K videoni tomosha qiling

Xiaomi kompaniyasi o‘tgan hafta Xitoy poytaxti Pekinda Mi 10 va Mi 10 Pro gadjetlarini taqdim etdi. 

Aslida, bu smartfonlar MWC 2020 kongressida taqdim qilinishi kerak edi. Ammo konfrensiyasiyaning bekor qilinishi bilan global taqdimot ham kechiktirildi va qurilmalar qachon taqdim qilinishi hozircha qayta rejalashtirilmagan. 

Smartfon taqdimoti kechiktirilgan bir paytda, kompaniya Mi 10 Pro haqida video tayyorlash uchun kinorejissor va fotograf Luis Guanzonga murojaat qilgan. Luis ilgari ham iPhone 6 va Google Pixel 2'lar haqida qisqa video tayyorlagandi.

Quyida esa Xitoy kompaniyasi mobilida tasvirga olingan 4K videoni tomosha qilishingiz mumkin:

Turli xil yorug‘lik sharoitlarida, masalan, qorong‘u va tabiiy yorug‘lik kam bo‘lgan Markaziy Grand bekati va metroda olingan videodan qurilmaning bir necha jihatlarini bilib olish mumkin. 

Barcha detallarga to‘xtalib o‘tish va har bir pikselni tahlil qilishimiz mumkin edi, ammo video YouTube'ga yuklanayotganda uning sifati bir qadar buziladi.

Bundan tashqari, videotasvirlar stendlar va gimbals kabi qo‘shimcha sozlamalar bilan olingan bo‘lishi mumkin, shuning uchun, kameraga to‘liq xolis baho berish mumkin emas.

Ma’lumot uchun, Xiaomi Mi 10 Pro orqa tomonida to‘rtta kamera mavjud: 108MP asosiy + 8MP keng telefoto + 12MP 50 mm portret, 2x optik kamera + 20MP ultra keng kamera. 

Telefon DxOMark'ning kameralar jadvalida 124 ball natija qayd etgandi, qizig‘i, bu natija Huawei Mate 30 Pro qayd etgan natijadan yaxshiroq bo‘lib, Mi 10 Pro eng yaxshi kamerali smartfonga aylandi (hozircha).

O‘QING: RASMAN: Xiaomi Mi 10’ning asosiy raqibi ringga tushyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.