Xiaomi Mi 10’larning RASMIY narxlari: afsuski, erta quvonibmiz!..

  •   DiMaX
  •  7124
  •  09.02.2020 20:18

Xiaomi Mi 10’larning RASMIY narxlari: afsuski, erta quvonibmiz!..

Kuni kechagina biz insayderlar ma’lumotlari asosida Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarning narxlarini e’lon qilgan edik. Bu borada yangi chiqqan navbatdagi ma’lumot esa hafsalani pir qiladi.

O‘QING: Mi 10’larni qo‘yaturing, Xiaomi yana bir «bomba» smartfon tayyorlayapti! (+«jonli» rasmlar)

Kecha – 9 fevral kuni Xiaomi Home rasmiy mobil ilovasida ushbu flagmanlarning narxlari paydo bo‘lgan. Foydalanuvchi ulardan skrinshot olgan va bu narxlar biz o‘ylaganimizdan ancha yuqori ekan.

Demak, boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – 8/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega Xiaomi Mi 10 narxi 4999 yuan ekan; bu esa 715 AQSh dollariga teng. Yuqoridagi skrinshotda ikkinchi va uchinchi qatorda ayni shu smartfonning korpus ranglari Titanium Silver hamda Ice Sea Blue bo‘lgan variantlari ko‘rsatilgan. Birinchi qatordagi – 5999 yuan (yoki 860 dollar) narxlisi esa moviy korpusli, 8/256 gigabaytlik xotiraga ega Xiaomi Mi 10 Pro modelidir.

Nima ham derdik, taqdimot yaqin – o‘shnda barchasiga oydinlik kiritiladi.

O‘QING: Xiaomi nihoyat Mi 10 va yana ikkita gadjetining taqdimot kunlarini rasman e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.