Xiaomi Mi 10’ni ilk «jonli» suratlarda batafsil ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2322
  •  15.01.2020 09:38

Xiaomi Mi 10’ni ilk «jonli» suratlarda batafsil ko‘ramiz!

Xiaomi kompaniyasi bu yil 10 yoshga to‘ldi va yaqinda yubiley flagmanlari – Mi 10 turkumidagi smartfonlarini taqdim etmoqda. U avvalroq AnTuTu benchmarkida rekord natija ko‘rsatib ham, rasmiy namoyishdan oldin sotuvga chiqib ham ulgurgan.

O‘QING: Xiaomi top-menejeri bilmasdan Mi 10 narxi va taqdimot vaqtini «sotib qo‘ydi»! (+«jonli» surat)

Insayderlar endi Xiaomi Mi 10 modelining ham oldindan, ham orqa tomonidan olingan birinchi haqiqiy rasmlarini tarqatishdi. Ushbu telefon ekranining yon qirralari qayrilgan, displeyning yuqori chap burchagida esa old kamera uchun tirqish ochilgan ekan.

Mi 10 bosh kamerasi orqa panelning yuqori chap burchagida tikkasiga terilgan to‘rtta modulni o‘z ichiga oladi; LED-fotochaqnoq esa eng yuqoridagi sensorning yonida joylashgan.

Ekranida aks etgan ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi Mi 10 eng yangi – Android 10 operatsion tizimi bazasida ishlab chiqilgan MIUI 11.0.2 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi.

Xiaomi ushbu flagmanini Qualcomm kompaniyasining eng qudratli Snapdragon 865 protsessori bilan ta’minlamoqda. Mazkur chipsetli birinchi smartfon bo‘lishi uchun, Samsung Galaxy S20 flagmanlar turkumining namoyishidan avval taqdim etmoqchi.

O‘QING: Rekordchi flagman – Galaxy S20 Ultra xususiyatlari hayratga soladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!