Xiaomi Mi 10’ning eng arzon talqinini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3455
  •  25.01.2020 09:59

Xiaomi Mi 10’ning eng arzon talqinini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

«Xitoycha Apple» o‘zining navbatdagi flagman smartfonlari – Xiaomi Mi 10 oilasi modellarini taqdim etishiga ham oz vaqt qoldi. Mazkur turkumga kiruvchi standart modeldan tashqari Mi 10 Pro haqida ham ma’lumotlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 DxOMark reytingida birinchi

An’anaga ko‘ra, flagmanning arzonlashtirilgan versiyasi – Xiaomi Mi 10 SE ham bo‘ladi, ammo shu paytgacha bu model haqida ma’lumot chiqmayotgan edi. Guri Sardor (Guri Sardar) ismli informator uning birinchi «jonli» suratini e’lon qildi. Sifatsiz olingan ushbu suratda Xiaomi Mi 10 SE ekranining bir qismi yoqiq holida ko‘rsatilgan va uning ekranida asosiy xususiyatlari aks etgan.

Agar shu ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, Mi 10 SE arzonligini ta’minlash uchun Xiaomi unga Qualcomm Snapdragon 765G protsessorini o‘rnatmoqda. Qurilmaning 5,8 dyuymlik ekranida old kamera uchun tirqish ochilgan; daktiloskopik datchik ham displey ostiga joylangan. Suratdagi smartfon 8 gigabaytlik tezkor xotira hamda 128 gigabaytlik, UFS 3.0 turidagi ichki xotira bilan ta’minlangan. Xiaomi Mi 10 SE akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, 27 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi.

Aytish kerakki, Snapdragon 865 protsessorli birinchi smartfon Mi 10 bo‘lishi uchun Xiaomi ushbu gadjetlarini Galaxy S20 flagmanlar turkumidan oldin chiqaryapti. Biroq yana bir xitoylik telefon AnTuTu benchmarkida uni «yer tishlatgan» va bulardan oldinroq chiqishi ehtimoli ham yo‘q emas.

O‘QING: Xiaomi bu smartfoni narxini yarmidan ham pasaytirdi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.