Xiaomi Mi 10’ning yangi rekordi: 1 daqiqada 30 million dollar!

  •   DiMaX
  •  3257
  •  14.02.2020 13:24

Xiaomi Mi 10’ning yangi rekordi: 1 daqiqada 30 million dollar!

«Xitoycha Apple» kecha – 13 fevral kuni Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarini namoyish qilgan edi. Yubiley flagmanining standart versiyasi – Xiaomi Mi 10 modelining rasmiy savdosi bugun – 14 fevralda boshlandi.

O‘QING: Xoh kamera, xoh ovoz, Xiaomi – eng shovvoz! (DxoMark reytingi)

Xiaomi Mi 10 savdosi bugun boshlandigina emas, balki o‘sha zahoti tugadi ham. Gap shundaki, uning ilk partiyasi bir daqiqaning o‘zidayoq sotib bo‘lindi! Kompaniya e’lon qilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu savdo hajmi 28,6 million AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Odatdagidek, Xiaomi bu partiyada nechta dona smartfon bo‘lganini oshkor etmagan. Biroq Mi 10 narxi 570 dollardan boshlanishini hisobga olsak, salkam o‘ttiz millionlik ilk savdoda taxminan 50 000 smartfon sotilgan.

Xiaomi Mi 10 modelining keyingi partiyasi bozorga qachon chiqishini kompaniya aytmayapti, lekin uning «og‘a»si – Xiaomi Mi 10 Pro savdosi 18 fevraldan boshlanishi ma’lum.

O‘QING: Barchasiga koronavirus aybdor – MWC 2020 ham bekor qilindi!

Shu bilan birga, noxushroq xabar ham bor: ushbu flagmanlarning 23 fevralga tayinlangan global taqdimoti koronavirus epidemiyasi tufayli noma’lum muddatga kechiktirilgan.

Xiaomi Industry Investment hamkori bo‘lgan taniqli tahlilchi Pan Szyutan (Pan Jiutang) izohlashicha, Xiaomi Mi 10 smartfonining narxi o‘z xususiyatlariga ko‘ra shu toifaga mansub smartfonlardan 30 foizga arzonroqdir.

O‘QING: Boshlandi: Xiaomi ommabop Redmi smartfonini qimmatlashtirdi

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.