Xiaomi Mi 10S ham chiqadi: Snapdragon 865 Plus, yangicha kamera, narxi esa...

  •   DiMaX
  •  4376
  •  06.03.2020 17:52

Xiaomi Mi 10S ham chiqadi: Snapdragon 865 Plus, yangicha kamera, narxi esa...

Insayderlarning xabarlariga ko‘ra, Xiaomi shu yilning ikkinchi yarmida o‘zining flagmani – Xiaomi Mi 10 modelining yangilangan versiyasini taqdim etadi. Xiaomi Mi 10S deb nomlanayotgan bu qurilmaning ayrim xususiyatlari haqida hozirdanoq ba’zi ma’lumotlar chiqyapti.

O‘QING: Aldanib qolmang: Redmi Note 9 Pro protsessori Qualcomm’nikidan boshqa bo‘lishi ham mumkin!

Xiaomi Mi 10S korpusining old tomonida biror o‘zgarish bo‘lmaydi, selfi-kamera ham o‘z joyida qoladi. Faqat bu modelda Samsung ishlab chiqargan, 2K formatli tasvir uzata oluvchi va 90 gerslik chastotada yangilanuvchi displey qo‘llanadi.

Manbalarga ko‘ra, Xiaomi Mi 10S bosh kamerasining dizayni boshqacha: u doirasimon shakldagi blokka olingan to‘rtta datchikdan iborat bo‘ladi. Fotochaqnoq uning ostida joylashadi.

Tasvirga oluvchi sensorlardan uchtasi tegishlicha 108, 20 va 12 megapiksellik bo‘lishi aytilmoqda. To‘rtinchi datchikning aniqligi noma’lum, ammo u 5 karra zumni ta’minlab beradi. Old kamera moduli esa 32 megapiksellik bo‘ladi.

O‘QING: Xoh kamera, xoh ovoz, Xiaomi – eng shovvoz! (DxoMark reytingi)

Xiaomi bu flagmanida hali rasman taqdim etilmagan Snapdragon 865 Plus protsessorini qo‘llaydi. Mi 10S boshlang‘ich konfiguratsiyada 12 gigabaytlik tezkor va 512 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘lishi xabar qilingan.

Yangi flagman ham, albatta, ekranosti daktiloskopik skanerga, tezkor simli va simsiz quvvatlash texnologiyasiga, shuningdek, NFC chipiga ega bo‘ladi. Uning korpusi esa IP68 standartiga ko‘ra sang va suvdan himoyalanadi.

Xiaomi Mi 10S shu yilning avgustida namoyish etilishi va 690 dollar atrofidagi narxda bozorga chiqarilishi kutilmoqda.

O‘QING: Black Shark 3 bilan birga Black Shark 3 Pro ham namoyish etildi: bunaqa texnologiyalar boshqa birortasida yo‘q!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!